Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmonida maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab — litsey — texnikum — universitet” tizimini joriy etish belgilangan.
Shu maqsadda ayni paytda hududlarda yuridik taʼlimning uzluksizligini taʼminlash hamda voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari ishtirokida huquqiy savodxonlik darslari tashkil etilmoqda.
Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarida o‘tkazilayotgan darslarda o‘quvchilarga huquqiy madaniyat va savodxonlikning har bir shaxs hayotida tutgan o‘rni, huquqlardan to‘g‘ri va o‘z o‘rnida foydalana olish bo‘yicha foydali ma’lumotlar berilmoqda.
Huquqiy savodxonlik darslari davom etmoqda.