Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand va Namangan akademik litseylari xodimlari uchun stajirovka tashkil etildi

Akademik litseylar faoliyatini zamonaviy yondashuv asosida rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan stajirovka davomida 10 dan ortiq muhim yo‘nalish, jumladan, o‘quvchilar bilimini baholash va nazorat qilish, o‘quv-me’yoriy hujjatlar tayyorlash, zamonaviy o‘quv kontentlarini yaratish, ta’lim sifatini monitoring qilish, ilmiy maqola va adabiyotlar bilan ishlash, moliyaviy hujjatlar va davlat xaridlari, xodimlar bilan ishlash va hujjat yuritish, raqamli ta’lim platformalari, sog‘lom ma’naviy muhit, PR texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar, kutubxona resurslari, yuristlik faoliyati va norma ijodkorligi va boshqa yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar olib borildi.

Ishtirokchilar har bir yo‘nalish bo‘yicha universitet va TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyining tajribali mutaxassislari bilan bevosita tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar