Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“O‘zbekistonda “Yevropa Ittifoqi huquqi” o‘quv kursini o‘qitish masalalari va ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti va Yevropa Ittifoqining “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasida tashkil etilgan anjumanda TDYU, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilari va talabalari, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining O‘zbekistondagi Milliy ofisi vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida TDYUda amalga oshirilayotgan Yevropa Ittifoqining ta’lim grantlari, shu jumladan, “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasida ko‘zda tutilgan o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy tadbirlar va nashrlar haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi huquqini o‘qitishning ahamiyati va istiqbollari, bu borada TDYU va JIDU tajribasi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Anjuman davomida grant loyihasi doirasida nashr qilingan “Yevropa Ittifoqi huquqi” darsligining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, “Yevropa Ittifoqi huquqi” o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga maxsus sertifikatlar hamda grant loyihasi doirasida o‘tkazilgan Yevropa Ittifoqi huquqining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan “Eng yaxshi maqola” tanlovining g‘oliblariga sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir doirasida “Yevropa Ittifoqi huquqi” o‘quv kursini o‘qitish sohasida o‘quv-uslubiy ta’minot, mustaqil ishlarni tashkil etish, YI huquqi bo‘yicha “European Law Moot Court” kabi xalqaro musobaqalarida ishtirok etish masalalari muhokama qilinib, ishtirokchilarning mavzu yuzasidan savollariga javob berildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar