Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetida “Street law” loyihasining navbatdagi mavsumiga start berildi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ta’lim muassasalarida yoshlarning huquqiy savodxonligini rivojlantirish va oshirish, ularda huquqiy muammolarni hal qilishning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Street Law” loyihasi o‘tkazib kelinmoqda.

Ayni paytda universitetning 70 nafardan ortiq volontyor-talabalari maktablarda yoshlarning huquqiy madaniyatini hamda huquqiy ongini yuksaltirishga hissa qo‘shmoqda. Loyiha doirasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda maktab o‘quvchilari kundalik hayotda duch kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy masalalar va ularning yechimlari volontyorlar tomonidan sodda, ravon tilda hamda interaktiv shaklda tushuntirilmoqda.

Shuningdek, loyihada volontyor sifatida faoliyat olib borayotgan universitetning 30 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari “Street Law”ning mazmun-mohiyatini, uning yoshlar hayotidagi ahamiyatini tushuntirish yuzasidan ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar