Toshkent davlat yuridik universiteti Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Xalqaro xususiy huquq kafedrasi dotsenti v.b. Sardor Mamanazarov Yevropa Ittifoqining tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha HORIZON-MSCA-2022-SE-01 “Precarious Labour in Asia: Exploring Challenges and Solution to Labour Insecurity through Case-Study-Based Evidence from 8 Asian Countries (Project 101129940 — PRELAB)” loyihasi doirasida 1 oylik stajirovka o‘tash uchun Latviya universiteti (University of Latvia)ga tashrif buyurdi.
Mazkur tashrif doirasida ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirok etish, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar bilan o‘zaro hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish masalalarini muhokama qilish, axborot-resurs markazlarida mavjud o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy materiallar bilan tanishib chiqish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun: Toshkent davlat yuridik universiteti Yevropa Ittifoqining tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha HORIZON-MSCA-2022-SE-01 “Precarious Labour in Asia: Exploring Challenges and Solution to Labour Insecurity through Case-Study-Based Evidence from 8 Asian Countries (Project 101129940 — PRELAB)” loyihasida YI ning qator ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari — University of Latvia (Latviya), Dublin City University (Irlandiya), Universitatea din Bucuresti (Ruminiya), Partnere ne zgjidhje dhe zhvillim (Albania), Sveuciliste u Zagrebu (Xorvatiya), Universitat Bremen (Germaniya), Universiteit Antwerpen (Belgiya) bilan bir qatorda hamkor tashkilot sifatida ishtirok etib kelyapti.