Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetida birinchi promo mahsulotlar do‘koni TSUL shop ochildi

Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti rahbariyati tashabbusi bilan TDYU Maqsadli kapital jamoat fondi (Endowment Fund) tomonidan birinchi promo mahsulotlar do‘koni TSUL shop ochildi

Do‘konda Toshkent davlat yuridik universitetining logotipi tushirilgan svishot va futbolkadan tortib, krujka va daftarlargacha turli xil mahsulotlar mavjud. Do‘kon turli narxlardagi mahsulotlarni taklif etadi.

Endi TDYU talabalari va bitiruvchilari, professor-o'qituvchilari va xodimlari, shuningdek, universitet mehmonlari Toshkent davlat yuridik universiteti ramzlari tushirilgan esdalik sovg‘alari va buyumlarni xarid qilishlari mumkin.

Do‘kondan tushgan daromad TDYU talabalari va xodimlari ishtirokida turli loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

TSUL shop TDYU 3-binosi hududida joylashgan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar