Energetika va tabiiy resurslar huquqi yoʻnalishi (LL.M in Energy and Natural Resources Law) boʻyicha magistraturaga qabul eʼlon qilindi.
Ushbu yoʻnalishda magistraturaga topshirmoqchi boʻlganlardan quyidagilar talab etiladi:
1. Huquq sohasida magistr darajasiga ega boʻlish;
2. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi kamida CEFR B2 darajadagi sertifikat (IELTS, TOEFL, Pearson).
O‘quv dasturining davomiyligi — Toshkent davlat yuridik universitetida 3 semestr.
1- va 2-semestrda to‘lov miqdori: 2000 yevro. 3-semestrda to‘lov miqdori: 1000 yevro.
Bitiruvchilarga Karoli Gaspar universiteti diplomi beriladi.
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 16-sentabr.
Arizalar ajk.szakirany@kre.hu elektron pochta orqali to‘ldirilgan ariza shakli va ilovalar bilan yuborilishi kerak.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
– diplom nusxasi (diplomning asl nusxasi o‘qishga kirishda taqdim etilishi kerak). Agar siz xorijiy oliy ta’lim muassasasidan diplom olsangiz, diplomning venger tiliga tasdiqlangan tarjimasini ilova qilishingiz kerak.
– biografik ma'lumotlar;
– qo‘shimcha xat;
– pasport nusxasi;
– chet tilini bilishi to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi (o‘qishga kirishda sertifikatning asl nusxasi taqdim etilishi kerak);
– ariza to‘lovi amalga oshirilganini tasdiqlovchi bank o‘tkazmasi hujjatining nusxasi. Ariza to‘lovi: 50 yevro. To‘lovni amalga oshirishning oxirgi muddati ariza topshirilgan kun hisoblanadi.
– to‘ldirilgan ariza shakli.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun TDYU Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qilish soʻraladi.
Batafsil… https://ajk.kre.hu/index.php/ll-m-in-energy-and-natural-resources-law.html