Xabaringiz bor, 15-16-avgust kunlari 2024/2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanma berilgan bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish boʻyicha yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilgan edi.
Mazkur suhbat natijalari bilan quyidagi linklar orqali tanishish mumkin:
Oʻzbek: https://tsul.uz/media/ymybjphcep43_24_01_17_08.pdf
Rus: https://tsul.uz/media/uwmybnesgb21_25_01_17_08.pdf
Yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi boʻlgan abituriyentlar 21-avgust 18:00 ga qadar Apellatsiya komissiyasiga yozma tartibda apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiyalarni info@tsul.uz elektron manziliga yuborish mumkin.
Apellatsiya ko‘rib chiqiladigan kun haqida abituriyentlarga xabar beriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun @miryoqubraximov telegram manziliga murojaat qiling.
Load More Post...