TDYU Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi tashabbusi bilan Gruziyaning Grigol Robakidze universiteti professori, Tbilisi Davlat universiteti huquq doktori, xalqaro mediator va 22 yillik tajribaga ega huquqshunos Irakli Kandashvili ishtirokida o‘tkazilgan anjumanda Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, dotsent, professional mediator Sevarxon Maripova, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Anjumanda Yevropa mamlakatlari, xususan, Gruziyada mediatsiya institutining rivojlanishi, ushbu sohadagi ilg‘or tajribalar hamda O‘zbekistonda mediatsiyaning joriy etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, huquqshunoslar, mediatorlar va mutaxassislar mediatsiyaning sud tizimiga ta’siri, nizolarni muqobil hal etishning samaradorligi va kelajakdagi istiqbollari, mediatsiya bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish hamda ushbu institutni O‘zbekistonda yanada rivojlantirish haqida fikr almashildi.
Load More Post...