Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xojiakbar Abdusamadov – Peterburg xalqaro yuridik forumi – 2024 doirasida o'tkazilgan musobaqalar sovrindori

Xabaringiz bor, Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi va Roskongress jamg‘armasi tomonidan Peterburg xalqaro yuridik forumi o‘tkazildi. Ushbu anjuman huquq sohasidagi muloqot uchun eng katta va noyob platformadir. Forum an’anaviy tarzda turli ixtisoslikdagi yetakchi huquqshunoslar, jamoat arboblari, fikr yetakchilari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillarini birlashtiradi.

Peterburg xalqaro yuridik forumi – 2024 dasturi 9 ta tematik trekdan iborat bo‘lib, davra suhbatlari, biznes-sessiyalar, taqdimotlar, ochiq suhbatlar, uchrashuvlar, biznes nonushtalar, ma’ruzalar va taqdimotlar, jami 120 dan ortiq tadbirlarni o‘z ichiga oldi.

Forum doirasida Peterburg xalqaro yuridik forumi – 2024 koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi, uning doirasida huquqiy mavzularda viktorina oʻtkazildi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun madaniy va sport dasturlari tashkil etildi. Jumladan, 450dan ortiq forum ishtirokchilari shaxmat, shashka va go o‘yinlarida kuch sinashdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Xojiakbar Abdusamadov mazkur tadbirlarning faol ishtirokchisiga aylandi. Huquqiy mavzular bo‘yicha viktorinada 2-o‘rinni, go bo‘yicha bo‘lib o‘tgan kubok o‘yinlarida esa 3-o‘rinni egalladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar