Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU delegatsiyasi Turkiyaning Bahcheshehir universitetiga tashrif buyurdi

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi mudiri Sardorbek Yusupov, Uzluksiz ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Avezov, Qabul jarayonlarini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Sabina Bahodirova, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi uslubchisi Muxriddin Xalikov hamda TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurashid Pirnazarov Turkiyaning Bahcheshehir universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Bahcheshehir universiteti Huquq fakultet dekani, professor Kadir Emre Go‘kyayla va professor Feridun Yenesey bilan Bahchesehir universiteti hamda TDYU o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish hamda talabalar va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, Baxcheshehir universiteting “3+1” hamkorlik dasturi bo‘yicha tajribasi yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Tashrif davomida Baxcheshehir universitetning Huquq fakulteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun Toshkent davlat yuridik universitetining ta’lim tizimida amalga oshirayotgan islohotlari, xalqaro hamkorlik faoliyati hamda yutuqlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar