Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida o‘tkazilayotgan Talabalar festivalining uchinchi kuni yakunlandi

Ko‘tarinki kayfiyat, qizg‘in bahs-munozaralar bilan o‘tayotgan festivalning uchinchi kunida “Model United Nation” ijtimoiy-intellektual tanlovi, “Students smile” tanlovi, “Muvaffaqqiyatga erishish sirlari” (TSUL TALKS) loyihasi doirasida biznes sohasi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

“Model United Nation” ijtimoiy-intellektual tanlovi doirasida talabalar seksiyalarga bo‘lingan holda jahonda uchrayotgan ko‘plab muammolarni muhokama qilgan bo‘lsa, “TSUL Talks” doirasida yoshlar ishbilarmonlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, ularning muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida ma’lumotga ega bo‘ldi. 

Festivalning to‘rtinchi kunida sportning yugurish turi bo‘yicha “Talabalar marafoni” va “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 10:00dan boshlab 3-bino 121-xonada “Ularga hayot tuhfa qil!” shiori ostida donorlik xayriya aksiyasi o‘tkaziladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar