Toshkent davlat yuridik universitetining Transformatsiya bo‘limi boshlig‘i Botirjon Qosimov va Ta’lim sifati nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi Gulnozaxon Primkulova Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Vestministr universitetida Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (The Quality Assurance Agency for Higher Education (QAA)) tomonidan tashkil etilgan xalqaro sifat kafolati dasturida (IQAP) ishtirok etdi.
Xorijiy mamlakatlar universitetlarining ta’lim sifatini taʼminlash va xalqaro akkreditatsiya bo‘yicha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan dasturda oliy ta’limda sifat kafolati, sifat madaniyati, oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Buyuk Britaniya (Quality code) va Yevropa standartlari (European Standards and Guidelines for Higher Education — ESG) haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, loyiha doirasida TDYU vakillari London Qirollik kolleji (King’s College London) va London universiteti (University of London)ga tashrif buyurdi.
Dastur yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.