Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurash” kafedrasi tashabbusi bilan yuridik fanlari doktori, professor, akademik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Xadicha Sulaymonovaning xotirasiga bagʻishlab tashkil etilgan anjumanda D.A.Kunayev nomidagi Yevroosiyo yuridik akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining professor-oʻqituvchilari va xodimlari ishtirok etdi.
Xalqaro anjuman doirasida Toshkent davlat yuridik universitetida ta’sis etilgan X.Sulaymonova nomidagi stipendiya tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi.