Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro ekspert ishtirokida vebinar o‘tkazildi

TDYU “Xorijiy tillar kafedrasi” katta o‘qituvchisi Umida Haydarova tomonidan Pensilvaniya universiteti Dikkinson Huquq maktabi professori Maykl Bleyzi ishtirokida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. 

Unda TDYU professor-o‘qituvchilari, talabalari va boshqa OTM pedagoglari ishtirok etdi.

Mashg‘ulotda professor Maykl Bleyzi yozma shartnomalarning tuzilishi, uning tili, xalqaro shartnomalar matnining autentikligi va rasmiyligi xususida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. 

Yakunda professor bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishildi.



Hodisalar

Barcha e'lonlar