Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi tashabbusi bilan AQShning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, texnikumlar, akademik litseylar va maktablarning chet tili o‘qituvchilari, talabalar va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Anjumanda chet tilini o‘qitish usullari va innovatsion texnologiyalarni ta’limga integratsiyalash, talabalarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiyaning amaliy qismida AQSh Fulbright dasturi mutaxassislari tomonidan foydali va interaktiv vorkshoplar o‘tkazildi.