Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU bakalavriati va magistraturasiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriati va magistraturasiga 2023/2024-o‘quv yili uchun xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi.

Hujjatlar online.tsul.uz platformasi orqali 2023-yil 20-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

TDYUga o‘qishga kirishni xohlagan xorijiy fuqarolar aniq vaqt rejimida elektron shakldagi qabul qilish tо‘g‘risidagi arizani tо‘ldirib, unda ta’lim yо‘nalishi, ta’lim tili va shakli, xorijiy fuqaro tomonidan oliy ta’lim muassasasini tugatgani yoki unda oliy ma’lumoti mavjud emasligi, xorijiy fuqaro suhbat о‘tkazish qoidalari bilan tanishganini ko‘rsatishi kerak.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 
– xorijiy fuqaroning pasporti yoki uning о‘rnini bosuvchi hujjat;
– belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qо‘yilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan, о‘rganilgan fanlar va ular bо‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) kо‘rsatilgan ta’lim haqidagi hujjat.

Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyumga 200 nuqtadan kam bо‘lmagan) alohida fayl kо‘rinishida bо‘lishi kerak. Har bir fayl о‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.

Hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari kо‘rinishida ilova qilingan holda jо‘natilishi lozim.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun +998 97 198-00-80 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar