Toshkent davlat yuridik universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar uchun o‘tkazilgan seminar-treningni “Oila va xotin-qizlar” tadqiqot instituti mutaxassisi Husnora Rahimova olib bordi.
Amaliy-psixologik trening davomida oiladagi gender tenglik va boshqa qonuniy munosabatlar bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar berildi, mavzu yuzasidan viktorina va interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning gender tengligi masalalari bo‘yicha savollariga mutaxassis tomonidan statistik ma’lumotlar va misollar asosida javob berildi.