Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro jinoyat sudi sud protsessi simulyatsiyasi bo‘yicha xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun TDYU jamoasiga qabul e’lon qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tashabbusi bilan xalqaro jinoyat huquqi bo‘yicha “International Criminal Court Moot Court Competition – 2023” xalqaro musobaqasida ishtirok etish uchun universitet jamoasi shakllantirilmoqda.

Keys asosida simulyatsiya shaklida yuzlab davlatlardan tashrif buyuruvchi huquqshunos talabalarni xalqaro jinoyat huquqi bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan mazkur musobaqa 2023-yil iyun oyida Gollandiyaning Gaaga shahrida o‘tkaziladi.

Musobaqada ishtirok etuvchi TDYU jamoasiga a’zo bo‘lishni istagan nomzodlar uchun suhbat 21-oktabrda o‘tkaziladi. “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbatda talabalar quyidagi mavzulardagi savollarga javob berishi kerak:
1. Xalqaro jinoyat huquqi tushunchasi, mazmuni, xalqaro jinoyat turlari.
2. Xalqaro jinoyat huquqida yurisdiksiya.
3. Xalqaro jinoyat huquqi prinsiplari.
4. Xalqaro jinoyat sudi Rim Statuti.

Musobaqa haqida batafsil ma’lumotni “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi (3-bino, 105-xona) o‘qituvchisi Umida Sherxanovadan olishingiz mumkin.

Mazku xalqaro musobaqada ishtirok etuvchi TDYU jamoasi faoliyati bilan “ICCMCC/TSUL” (@TSUL_ICCMCC) telegram kanali orqali tanishib borishingiz mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar