21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda o‘zbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunchilik hujjatlariga joriy etishga qo‘shgan hissasi uchun Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Shuhrat Ko‘chimov faxriy yorliq bilan taqdirlandi.