Tomsk davlat universitetining Novosibirsk yuridik institutida professor V.K.Gavlo nomidagi “Золотой след” — kriminalistika bo‘yicha X xalqaro talabalar kinofestivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoiy odil sudlov” fakulteti “Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi tomonidan universitet talabalari ishtirokida tayyorlangan “У истоков криминалистики Узбекистана” qisqa metrajli filmi “Хранители памяти” yo‘nalishida maxsus diplomni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun: professor V.K.Gavlo nomidagi “Золотой след” — kriminalistika bo‘yicha X xalqaro talabalar kinofestivali uchun Rossiya va qo‘shni mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari talabalari tomonidan tayyorlangan 100 dan ortiq film tanlab olingan.