Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ixtiyor Bekov va Otabek Narziyev “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari, OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari, shu jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori, professor Ixtiyor Bekov va “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori, dotsent Otabek Narziyev “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur koʻkrak nishoni Adliya vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida taʼsis etilgan.

Koʻkrak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda oʻz egalariga topshiriladi hamda koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar