Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasi (IRZ) tashabbusi bilan Toshkent davlat yuridik universitetida Germaniya Federativ Respublikasining savdo, korporativ va iqtisodiy qonunchiligi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etiladi.
Mashg‘ulotni Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtati Adliya vazirligining savdo, korporativ va iqtisodiy qonunchilik, Yevropa Ittifoqi masalalari va xalqaro adliya munosabatlari bo‘limi boshlig‘i doktor Markus Shtrunk olib boradi.
Mahorat darsi 14-dekabr 09:00 da 13:00 gacha TDYU 3-bino 221-xonasida bo‘lib o‘tadi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar va magistrantlar ishtirok etishi mumkin.