“UI GreenMetric World University Ranking” xalqaro reyting natijalari e’lon qilindi.
Bu yil ushbu reytingda dunyoning 100 ga yaqin davlatidan 1050 ta universitet ishtirok etdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti ushbu xalqaro reytingda 456-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan 40 pog‘ona yuqoriladi.
Xalqaro universitetlarda yashil iqtisodiyot bilan bog‘liq mavjud holat va siyosat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini taqdim etuvchi bu reytingda TDYU mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasida eng yuqori natijalardan birini qayd etdi.
Ma’lumot uchun: “UI GreenMetric World University Ranking” quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z reytingini yuritadi va umumiy natijalarni e’lon qiladi:
- Setting & Infrastructure;
- Energy & Climate Change;
- Waste;
- Water;
- Transportation;
- Education & Research.