Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari aniqlandi

Joriy o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universitetining 4 nafar talabasi ushbu stipendiyalarga munosib ko‘rildi:

Xususan, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabasi Iroda Bekmurodova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, “Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabasi Sunnatillo Xamzaxonov Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga, “Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabasi Muxammadyusuf Alijonov va “Ommaviy huquq” fakulteti talabasi Tolib Raxmonov Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Barcha stipendiatlarni universitet jamoasi nomidan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi o‘qish va ish faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ma’lumot uchun: 2022/2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan 566 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar