Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Samarqand viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurdi

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda qonun ustuvorligi tamoyillarini yanada rivojlantirish va huquqiy ta’lim sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida USAID va Adliya vazirligi doimiy hamkorlik qilib kelmoqda.

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi missiyasi direktori M.Meredit boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqand viloyati yuridik texnikumiga tashrifi hududlarda USAID ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishishga qaratildi.

Ushbu delegatsiya vakillariga Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Z.Rahmanova, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev, TDYU Uzluksiz ta’lim boshqarmasi boshlig‘i D.Avezov hamrohlik qildi.

Tashrif doirasida delegatsiya USAID LRP tomonidan jihozlangan masofaviy o‘qitish innovatsion xonasi bilan tanishdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar