Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, “Garant bank” AJ boshqaruv raisi A.Muxamedxanov, ikki muassasa mutasaddilari ishtirok etdi.
Tadbirda universitet va “Garant bank” AJ o‘rtasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikni rivojlantirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni bank sohasiga keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, bank sohasida faoliyat olib boruvchi yuristlarni tayyorlash, hamkorlikda bank xodimlari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish, TDYU talabalarini “Garant bank”da amaliyot o‘tashi uchun sharoit yaratish, bankda ishlash istagini bildirgan talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazish va bu orqali bankning kadrlar zaxirasini shakllantirib borishga kelishib olindi.