Toshkent davlat yuridik universitetida “Regional Dialogue” ХНТning O‘zbekistondagi filiali vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda TDYU rektori Akbar Tashkulov, Xalqaro hamkorlik va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektor Dilshod Umarov, tashkilotning mamlakatimizdagi filiali rahbari Petra Goryup, filial rahbari o‘rinbosari Behzod Sharipov, filial dasturi mutaxassisi Nodirjon Jo‘rayev hamda universitetning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida xorijlik professor-o‘qituvchilar va ekspertlar tomonidan ma’ruzalar va seminarlar-treninglar o‘tkazish, xalqaro tanlovlarda samarali ishtirok etish uchun trenerlarni jalb qilish, shuningdek, hamkorlikda tadbirlar tashkil etish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, tomonlar yuridik texnikumlarning o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish, hududlardagi yuridik fakultet va yuridik texnikum o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.
Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari universitetlari va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan akademik hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.