“Street Law” loyihasi boʻyicha 2020-2021-oʻquv yilida TDYU va yuridik texnikumlar tomonidan qator ishlar amalga oshirildi.
2020-2021-o‘quv yilida respublika miqyosida “Street Law” loyihasida jami 555 nafar volontyor-talaba va o‘quvchi, 86 nafar professor-o‘qituvchi ishtirok etdi. Loyiha 131 ta maktabda amalga oshirilib, mashg‘ulotlarda 8 090 nafar o‘quvchi qamrab olindi.
Ushbu natija Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, TDYU rahbariyati va Yuridik klinikasi, loyiha koordinatorlari, volontyor-talaba va oʻquvchilar, volontyor professor-oʻqituvchilar hamda tegishli maktablar rahbariyatining bahamjihatlik, oʻzaro bir˗birini tushunish hamda qoʻllab˗quvvatlashiga asoslangan hamkorligi va mehnati samarasidir!
Loyiha keyingi oʻquv yilida ham davom etadi!