Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Dilafro‘z Istamova universitet rahbariyati tomonidan 5 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Dilafro‘z Istamova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-martdagi PQ-4218-son qarori bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi va mukofot 7-martda davlatimiz rahbari tomonidan tantanali topshirildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi, xususan, universitet rahbariyati va talabalar Dilafro‘z Istamovani mazkur mukofot bilan samimiy qutladi.
Shuningdek, Dilafro‘z Istamova universitet rahbariyati tomonidan 5 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.