Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Men tavsiya qilaman-2022” chellenji g‘oliblari taqdirlandi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti Аxborot-resurs markazi tomonidan 2022-yil 28-iyundan 15-sentabrga qadar yoshlarning taʼtildagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular orasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish va kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida markazning telegram kanali orqali respublika miqyosida “Men tavsiya qilaman — 2022” chellenji o‘tkazilgan edi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin — Ozoda Naimova (TDYU “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 2-bosqich talabasi);
2-o‘rin — Faxriddin Ismoilov (TDYU “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 3-bosqich talabasi);
3-o‘rin — Farida Allambergenova (TDYU “Ommaviy huquq” fakulteti 3-bosqich talabasi).

G‘oliblar darajali diplom va kitob jamlanmalari bilan taqdirlandi.