Intellektual tanlovda zukko yigit-qizlar Ozbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va huquq nazariyasi, badiiy adabiyotlardan tuzilgan, shuningdek, mantiqiy savollarga javob beradi.
Turnirda ishtirok etish uchun 6 nafardan iborat jamoa (ishtirokchilar bir fakultetdan bo'lishi shart emas, lekin jamoa a'zolaringiz bilan kelishgan holda bir fakultetni ko'rsatishingiz shart) shakllantiring va uni nomlab, quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/9eSW95RP4tMZdJAE9
Uch turdan iborat tanlovning birinchi turi 12-noyabr 10:00da “Yoshlik” kafesida o‘tkaziladi.
“Zukko Yurist” intellektual loyihasi bo'yicha batafsil ma'lumotlar @Zukko_Yuristlar orqali berib boriladi.