Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Camp Law” ishtirokchilari Adliya vazirligiga tashrif buyurdi

Xabaringiz bor, TDYU tomonidan 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Camp Law” yozgi maktabi loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Loyihaning 3-kunida oʻquvchilar uchun “Kriminalistika” va “Oilada bolaning huquqlari” mavzularida ma’ruzalar tashkil etildi. Mashgʻulotlarda ishtirokchilar mavzular yuzasidan foydali ma’lumotlarga ega boʻlish bilan birga mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Shuningdek, loyiha ishtirokchilari uchun kasb tanlash boʻyicha interaktiv oʻyin oʻtkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida “Camp Law” yozgi maktabi ishtirokchilari uchun Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Ishtirokchilar vazirlikning Markaziy apparati mas’ul xodimlari tomonidan vazirlik tizimidagi adliya organlari va muassasalari, vazirlikning tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari, tarkibiy bo‘linmalarning ish jarayoniga oid asosiy ma’lumotlar, shuningdek, vazirlik muzeyi va kutubxonasi bilan yaqindan tanishtirildi.

Oʻquvchilar vazirlik boʻylab sayohat davomida huquqshunoslik sohasi, uning tarixi, adliya organlari faoliyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, ochiq muloqot davomida ishtirokchilarning yuridik ta’lim va adliya organlarida ishlashga qiziqishini orttirish maqsadida mas’ullar tomonidan taqdimotlar ham o‘tkazildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar