Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan yuridik ingliz tili koʻnikmalarini rivojlantirishga moʻljallangan “Peculiarities of current Legal Translation and Legal Terminology” (Zamonaviy yuridik tarjima va yuridik terminologiyaning xususiyatlari) mavzusida darslar o‘tkazilmoqda.
Darslar tilshunoslik, tarjimashunoslik va huquqiy terminologiya bo‘yicha mutaxassis, Gretsiyaning Frakiya Demokrit universiteti professori Panagiotis G.Krimpas tomonidan olib boriladi.
Mashg‘ulotlar davomida mutaxassis tomonidan huquqiy tarjima, yuridik terminologiya, fuqarolik va jinoyat huquqining asosiy terminologiyasi, ingliz huquqiy terminologiyasida lotinizm toʻgʻrisida batafsil maʼlumot beriladi.
Darslar 13-oktabrdan 28-oktabrga qadar, haftaning payshanba va juma kunlari quyidagi tartibda bo‘lib o‘tadi:
- 13-oktabr 18:00-20:00;
- 14-oktabr 18:00-20:00;
- 20-oktabr 18:00-20:00;
- 21-oktabr 18:00-20:00;
- 27-oktabr 18:00-20:00;
- 28-oktabr 18:00-20:00;
Mashg‘ulotlarda quyidagi link orqali ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/83882873425?pwd=M0c5aW1oL2wybUpTTHhRSzN6VDNNdz09