Toshkent davlat yuridik universiteti “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi o‘qituvchisi Nurillo To‘xtasinov tashabbusi bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi direktori Olim To‘ychiyev olib bordi.
Mashg‘ulotda ham rahbar, ham ixtirochi olim — Olimjon To‘ychiyev tomonidan boshqaruvda axborot va kommunikatsiyadan samarali foydalanish, bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar va xalqaro tajriba, liderlik ko‘nikmalari, shuningdek, mamlakatimizda innovatsion muhitni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, innovatsion g‘oyaga ega bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
Mahorat darsi davomida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Yakunda mashg‘ulotda faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari va “InnoWeek.uz-2022” innovatsion gʻoyalar haftaligiga taklifnomalar taqdim etildi.