Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori bilan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.
Nizomga koʻra iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga kirish imtihonlarisiz, suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
Ushbu nizom talablaridan kelib chiqib Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha abituriyentlar bilan suhbat 12–14-oktabrda oʻtkaziladi.
Suhbat oʻtkaziladigan kun va vaqt bilan tanishish…
Suhbatga chaqirilgan abituriyentlardan jadvalda belgilangan vaqtda Toshkent davlat yuridik universiteti 1-binosiga kelishi soʻraladi.