Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Street Law” loyihasi volontyorlari hamda yuridik texnikumlarning direktorlari uchun seminar-trening tashkil etildi

Toshkent viloyati yuridik texnikumida tashkil etilgan mashg‘ulotni “Street Law” Inc. mutaxassisi Emi Uolles hamda TDYU “Street Law” loyihasi assistenti Kamilla Dalabayeva olib bordi.

Trening doirasida o‘quvchilarga huquq va majburiyatlar hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, uni amalga oshirish mexanizmi, shuningdek, “Street Law” loyihasining ahamiyati, dunyo miqyosida tutgan o‘rni, loyihaning volontyorlar uchun foydali jihatlari haqida ma’lumot berildi.

Shu bilan birga volontyorlarga mashg‘ulotlarda interaktiv metodlardan foydalanish, shu asosda muammoli vaziyatlarga yechim topish hamda o‘quvchilarni loyihaga yanada keng jalb qilish bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berildi.

Kunning ikkinchi yarmida Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining direktorlari uchun trening o‘tkazildi.

Unda dars va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, o‘quv rejalarni tuzish, ish beruvchilar tomonidan bitiruvchilar uchun qo‘yilgan talablar, mehnat bozori uchun malakali kadrlarni yetishtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Street Law” Inc. mutaxassisi Emi Uolles tomonidan AQSHda huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularga qo‘yilgan talablar, bilim ko‘nikmalarni oshirish jarayoni haqida ma’lumot berildi.

Seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar