Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022/2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU o‘qituvchilari Jorj Vashington universitetida stajirovka o‘taydi

Jorj Vashington universiteti vakillari Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrasuvda TDYU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Baxshillo Xodjayev, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Rustam Umarov, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Sardor Bozarov, yuridik klinika rahbari Otabek Narziyev, Jorj Vashington universiteti professori Malkolm Rassel-Eynxorn, advokat professor Jasur Neʼmatov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga universitet faoliyati, yuridik ta’lim va fan rivoji bo ‘yicha ma’lumot berildi.

Uchrashuvda TDYUdagi yuridik ta’limning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Jumladan, o‘quv dasturlari sillabuslarining ishlab chiqish xususiyatlari, Yuridik klinika a’zolari uchun kredit tizimini joriy etish, o‘quv jarayonida zamonaviy o‘qitish metodikalarini qo‘llash, davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning ahamiyati, TDYUga qabul jarayonlari va xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan ishlar bo‘yicha fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, Toshkent davlat yuridik universitetida sillabuslar ishlab chiqishda talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, o‘quv dasturlariga “Kiberhuquq”, “Sun’iy intellekt huquqi” kabi dolzarb fanlar, shuningdek, Yuridik klinikalar faoliyati bilan bog'liq clinical subjects, pro bono subjects fanlari kiritilgan.

Bosh prokuratura bilan hamkorlikda “Bo’lajak prokurorlar klubi”, Notarial Palata bilan hamkorlikda “ Notariuslar klubi”, Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Yosh diplomatlar” klubining tashkil etilgani ham malakali yuridik kadrlar shakllanishiga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, Yuridik klinika bir qancha davlat organlari – Oliy sud, Notarial palata, Adliya vazirligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Tadbir davomida ishtirokchilar dolzarb masalalardan biri – gender tengligi masalasini ham muhokama qildi. Bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatdagi rolini kuchaytirish, gender tengligini ta’minlash maqsadida joriy yildan boshlab davlat oliy o‘quv yurtlarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan xotin-qizlarning to ‘lov-kontrakti davlat tomonidan to‘landi.

Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari TDYU professor-o‘qituvchilari uchun Jorj Vashington universitetida stajirovka o‘tash dasturlarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar