Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Saarland universiteti qoshidagi Yevropa instituti 2025-yilda bir oylik ilmiy stajirovka uchun arizalar qabulini boshladi

Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan stajirovka uchun tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning xarajatlari DAAD tomonidan moliyalashtiriladi. Moliyalashtirishga oylik stipendiya va bir martalik yo‘l xarajatlari uchun to‘lov kiradi.

Stajirovkada quyidagi sohalarda faoliyat yuritayotgan PhD (doktorant/tayanch doktorant) darajasidagi tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin:

• Xalqaro huquq;

• Yevropa huquqi;

• Inson huquqlari;

• Xomashyo resurslarini samarali boshqarish (Good Governance of Raw Materials);

• Tijorat huquqi;

• Intellektual mulk huquqi.

Saarland universiteti qoshidagi Yevropa institutida bir oylik stajirovka o‘tashni istaganlar 23-sentyabr 23:59 ga qadar quyidagi link orqali ariza topshirishi kerak: https://forms.gle/UvLjWQnwbA5c4xF2A

Shuningdek, nomzodlar ariza bilan birga “Research Stay 2025 Application — Familiya, Ism (lotin alifbosida).” jumlalarini yozgan holda quyidagi hujjatlarni tsulprojects@gmail.com elektron pochta manziliga yuborishi lozim:

• rezyume (CV);

• motivatsion xat;

• dastlabki tadqiqot rejasi (1-2 sahifa);

• magistr diplomi (ilovasi bilan) va boshqa akademik sertifikatlar;

• xorijga chiqishga to‘sqinlik qiluvchi cheklovlar yo‘qligi haqida tasdiq (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz dan ma’lumotlar skrinshot qilib yuboriladi);

• o‘qish joyidan ma’lumotnoma;

• xorijga chiqish pasportining nusxasi.

Agar rasmiy hujjatlar ingliz tilida bo‘lmasa, tarjima qo‘shilishi shart (notarial tasdiq talab etilmaydi).

Eslatib o‘tamiz, ilgari DAAD stipendiyasini olgan nomzodlar ushbu tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar