Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik sohaga oid darsliklar, oʻquv-qoʻllanmalar, sharhlar, keysbuklar, xorijiy o‘quv adabiyotlar tarjimasini tayyorlash uchun kichik grantlar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov quyidagi beshta nominatsiyada o‘tkaziladi:
– darslik;
– kodeksga sharh;
– o‘quv qo‘llanma;
– keysbuk;
– va xorijiy o‘quv adabiyot tarjimasini tayyorlash.
Tanlov g‘oliblari uchun ajtatiladigan grant miqdori quyidagicha:
– darslikni tayyorlash uchun — 10 million so‘m;
– kodeksga sharh uchun — 10 million so‘m;
– o‘quv qo‘llanma uchun — 8 million so‘m;
– keysbuk uchun — 5 million so‘m;
– xorijiy o‘quv adabiyot tarjimasi uchun — 5 million so‘m.
Grant loyihasini amalga oshirish muddati:
– darslik va kodeksga sharhni yozish uchun — 1 yil;
– o‘quv qo‘llanmani yozish uchun — 6 oy;
– keysbuk va xorijiy o‘quv adabiyot tarjimasini tayyorlash uchun — 3 oy.
Har bir nominatsiya uchun qo‘yilgan talablarga javob beradigan kamida 2 ta loyiha topshirilganda tegishli tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi. Loyihani baholashda minimal ball mavjud emas, yuqori ball to‘plagan loyiha tanlovda g‘olib hisoblanadi.
Tanlovda faqat Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari ishtirok etishi mumkin. Loyiha jamoasi rahbari ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlishi kerak.
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlar oʻz loyihalarini quyidagi linkda keltirilgan shaklda tayyorlab, 25-sentabr (shu kuni ham)ga qadar b.shamsutdinov@tsul.uz elektron pochta manziliga yuborishi kerak:
Qoʻshimcha maʼlumot uchun +998 71-233-66-36 (ichki: 1047) telefon raqamiga murojaat qiling.
https://t.me/tsulbox/251