Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Ten days research and Latex practical course” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etilmoqda

3–14-oktabr kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda bo‘lib o‘tadigan amaliy kurs mashg‘ulotlarini Kipr, Fidji Janubiy Tinch Okeani, Hindiston Sharqshunoslik universitetlari professori Bidjay Kumar Kandel olib boradi.

Toshkent shahridagi Vebster universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan kurs mashg‘ulotlari ingliz tilida o‘tkazilib, yakunda ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

Kurs davomida tinglovchilar ilmiy tadqiqot olib borish metodikasi, dissertatsiyaning asosiy natijalarini xalqaro miqyosdagi yirik nashrlar bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallarda e’lon qilish uchun “Latex” dasturidan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladi.

Batafsil ma’lumot uchun +99899 876-86-88 telefon raqami yoki @normatova_dilfuza telegram manziliga murojaat qiling.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 3-uy.