Toshkent davlat yuridik universiteti 1-bosqich talabalarini markaz faoliyati va unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilayotgan uchrashuvlar 15-sentabrda TDYU 3-bino katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvlarda fakultetlar quyidagi grafik asosida ishtirok etishi mumkin:
11:30 — “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti;
14:00 — “Xususiy huquq”, “Ommaviy huquq” va “Jinoiy odil sudlov” fakultetlari;
Ma’lumot uchun: Toshkent davlat yuridik universiteti va Nagoya universiteti hamkorligida tashkil etilgan Yapon huquqini tadqiq qilish markazida talabalar yapon tili bilan birgalikda yapon huquqini ham o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Markazning asosiy maqsadi talabalarga yapon tili va huquqini o‘rgatish, markazda tahsil olayotgan talabalarning huquq sohasida mustaqil tadqiqotlar bilan shug‘ullanishi va Nagoya universitetida magistr darajasini qo‘lga kiritishi uchun ko‘maklashishdan iborat.
Markaz uchun qabulda yapon tilini bilish talab etilmaydi.