Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Scopus va Web of Science bazasidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan maqola indeksatsiyalanganda bir martalik pul mukofoti beriladi yoki ilmiy maqolani chop etish xarajatlari to‘lanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan maqola indeksatsiyalanganda Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari, professor-o‘qituvchilar va doktorantlariga bir martalik pul mukofotini toʻlash yoki shunday ilmiy maqolani chop etish xarajatlari qoplanadi.

Scopus yoki Web of Science ma’lumotlar bazasidagi huquq va ijtimoiy fanlar yo‘nalishiga oid jurnallarda chop etilgan maqola indeksatsiyalanganda mualliflarga quyida keltirilgan miqdorda bir martalik pul mukofoti toʻlanadi:
– birinchi kvartil (Q1) Scopus yoki Web of Science ma’lumotlar bazasi yuqori 10 foizlikka kirgan jurnalidagi har bir maqola yoki boshqa ilmiy taqdiqot natijasi uchun muallifga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari;
– birinchi kvartil (Q1) Scopus yoki Web of Science ma’lumotlar bazasi yuqori 10 foizlikka kirmagan jurnalidagi har bir maqola yoki boshqa ilmiy taqdiqot natijasi uchun muallifga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
– ikkinchi kvartil (Q2) jurnalidagi har bir maqola yoki boshqa ilmiy taqdiqot natijasi uchun muallifga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;
– uchinchi kvartil (Q3) jurnalidagi har bir maqola yoki boshqa ilmiy taqdiqot natijasi uchun muallifga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari;

Shuningdek, to‘rtinchi kvartil (Q4) jurnalidagi har bir maqola yoki boshqa ilmiy taqdiqot natijasi uchun muallifning ilmiy chop etish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi;

Bundan tashqari, Scopus ma'lumotlar bazasidagi konferensiya materiallari to‘plamidagi (Q1-Q3– kvartili) chop etilgan har bir maqola indeksatsiyalanganda va Web of Science ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnalda e’lon qilingan har bir maqola yoki boshqa ilmiy taqdiqot natijasi uchun muallifga BHMning 10 baravari miqdorida bir martalik mukofot beriladi.

Scopus ma’lumotlar bazasidagi konferensiya materiallari to‘plamidagi kvartil (Q4) jurnalida chop etilgan har bir maqola indeksatsiyalanganda muallifga ilmiy chop etish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar