Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Zulxumor Ibrohimovaning “Oilaga qarshi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi

1-iyul 15:00 3-bino 234-xonada TDYU huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Majlisda Toshkent davlat yuridik universitetining tayanch doktoranti Ibrohimova Zulxumor Solix qizining “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun “Oilaga qarshi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi (PhD) muhokama qilinadi.

Anjumanda quyidagi ZOOM linki orqali ham ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/82738323709?pwd=SGJsTXlFWE54QmxkNmErRnd1NGw1Zz09⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠