Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish sharoitida davlat ekologik funksiyasining nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi tomonidan yuridik fanlari nomzodi, professor M.K.Najimov xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan huquqshunos olimlari, mutaxassislar, xorijiy mehmonlar, TDYU professor-o‘qituvchilari, ustoz yurist bilan birga ko‘p yillar mobaynida mehnat qilgan hamkasblari, oila a’zolari, shogirdlari va talabalar ishtirok etdi

Konferensiyada so‘zga chiqqanlar M.Najimovning hayoti va faoliyati, uning O‘zbekiston huquqshunosligi, qolaversa, davlat va huquq nazariyasi ilmiy asoslarining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, xalqaro konferensiyada ekologik masalalarni tartibga solishda davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini aniq belgilash va ularning o‘zaro hamkorligini yaxshilash bilan bogʻliq huquqiy muammolar hamda imkoniyatlar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, Yangi O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi ekologik xavfsizlikka bevosita bog‘liq. Davlatning ekologik funksiyasi mamlakatning tabiiy resurslarini muhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Ushbu funksiyaning nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish esa, mamlakatning ekologik rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.

Xalqaro anjuman davomida olimlar va amaliyotchilar zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ekologik monitoring tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish xususida ham fikr almashdi.

Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan xalqaro konferensiya ishtirokchilarining ma’ruzalari, ilmiy jamoatchilik tomonidan taqdim etilgan maqola va tezislar to‘plam shaklida nashr etilishi ma’lum qilindi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar