Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

18-dekabr — “Avtomobilsiz kun”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi ““O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan 18-dekabr kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.

“Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va Toshkent shahar hokimligining rahbar va mas’ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatib borishi belgilandi.