Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi huzuridagi professorlar Dilbar Suyunova, Dildora Bazarova va Gulchehra To‘laganova ilmiy maktablari doirasida o‘tkazilgan anjumanda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Оtabek Muxamadiyev, advokat, sudya Ne’mat Akbarov va TDYU Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mustaqil izlanuvchisi, advokat Zafar Nazarov ishtirok etdi.

Tadbir davomida sudya va advokatlar ilmiy maktablarning a’zolariga, mustaqil izlanuvchilarga va talabalarga jinoyat ishlarini qayta ko‘rib chiqishda e’tiborga olinadigan holatlar, bu jarayonda vujudga kelayotgan muammolar xususida ma’lumot berib, o‘z faoliyatlaridagi eng qiziqarli voqealar haqida so‘zlab berdi.

Tadbir yakunida talabalar va mustaqil izlanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar