Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

O‘zbekiston Yuridik klinikalar assotsiatsiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Toshkent davlat yuridik universitetida britaniyalik xalqaro ekspert, professor Richard Grimes ishtirokida O‘zbekiston Yuridik klinikalar assotsiatsiyasini tashkil etish bo‘yicha onlayn munozara tashkil etildi.

“Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti ko‘magida tashkil etilgan anjumanda professor Grimes Buyuk Britaniyaning Yuridik klinikalar assotsiyatsiyasini tashkil etish borasidagi tajribasi,jarayonning asosiy bosqichlari va zarur hujjatlar haqida foydali ma’lumotlarni berdi.

Munozarada mamlakatimizdagi Yuridik klinikalar rahbarlari va volontyorlari ishtirok etib, hamkorlik, tajriba almashish va faoliyatni takomillashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashdi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar