Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Nagoya universiteti 2–4-bosqich talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi hamda yapon yoki ingliz tilini bilishi talab etiladi.

Kuzgi semestrda akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 20-fevralga qadar fakultet dekanatlariga taqdim etishi kerak:
– akademik transkript nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– yapon yoki ingliz tilini bilish (IELTS 6 va undan yuqori) darajasi bo‘yicha sertifikat;
– faollik to‘g‘risida boshqa sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa).

Onlayn tadbirlarda taqdim etilgan sertifikatlar, tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Loyiha 2026/2027-o‘quv yilining kuzgi semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar