Rossiyaning Ufa shahrida “Huquqiy tizim va zamonaviy chaqiriqlar” mavzusida IX Xalqaro talabalar yuridik forumi bo‘lib o‘tdi.
Butun dunyodan kelgan talabalar, aspirantlar va professor-o‘qituvchilarni huquqshunoslikning dolzarb masalalarini muhokama qilish va o‘z tadqiqotlarini taqdim etish maqsadida jamlagan xalqaro forumda Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Xususan, “Huquqiy tizim va zamonaviy chaqiriqlar” mavzusidagi talabalar, aspirantlar va yosh olimlarning XXI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan ma’ruzalar tanlovida TDYU talabalari Mahbuba Abdusamikova va Kumushxon Abdumutalimova birinchi o‘rinni, Davron Ismatullayev esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, TDYU Fuqarolik huquqi kafedrasi professorlari Leyla Burxanova va Umida Sharaxmetova hamda universitetimizning Yosh olimlar kengashi raisi, dotsent Liliya Achilova tashakkurnoma bilan taqdirlandi.